Qo'llanma
Korporativ sayt
Sayt yaratadigan programmist
Sayt — bu biznesingizning internetdagi ofisi. Mijoz sizni Google'dan yoki Instagram'dagi havoladan topadi va birinchi 5 soniyada ishonadimi yoki chiqib ketadimi — shu sahifa hal qiladi. Biz sayt yaratamiz: dizayn, matn, tezlik, mobil versiya va qidiruv tizimlariga moslash — hammasi bitta paketda.
Narx
3 mln so'mdan
Muddat: 7–20 kun
Narxga nima kiradi
- Individual dizayn (shablon emas)
- Mobil telefon va planshetga to'liq moslashuv
- Admin panel — matn va rasmlarni o'zingiz almashtirasiz
- Boshlang'ich SEO: meta teglar, sitemap, tezlik optimizatsiyasi
- Domen va hostingni ulab berish
- Telegram'ga ariza yuboradigan forma
- 3 oy bepul texnik qo'llab-quvvatlash
Ish qanday boradi
Bog'lanasiz
Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.
Narx va muddat
24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.
Ishlab chiqamiz
Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.
Ko'p beriladigan savollar
Sayt necha kunda tayyor bo'ladi?
Oddiy landing page — 5–7 kun. Korporativ sayt — 10–20 kun. Katta katalog yoki ko'p tilli sayt — 3–6 hafta. Muddat sizdan matn va rasmlar qanchalik tez kelishiga ham bog'liq.
Saytni keyin o'zim to'ldira olamanmi?
Ha. Har bir saytga admin panel beriladi — yangilik qo'shish, narxni o'zgartirish yoki rasm almashtirish uchun programmistga murojaat qilish shart emas.
Domen va hosting narxga kiradimi?
Birinchi yil uchun domen (.uz) va hosting odatda 600 ming – 1,2 mln so'm atrofida bo'ladi. Biz uni sizning nomingizga rasmiylashtiramiz — sayt sizniki bo'lib qoladi.