Asosiy kontentga o'tish
Ppragrammist.uz

Mobil ilova

Mobil ilova dasturchisi

Mobil ilova — doimiy mijozlari bor biznes uchun. Agar odam sizdan oyiga bir necha marta xarid qilsa yoki xizmatingizdan muntazam foydalansa, ilova sotuvni sezilarli oshiradi. Bir martalik xarid uchun esa ko'pincha sayt yoki bot yetarli — buni ochiq aytamiz.

Narx

20 mln so'mdan

Muddat: 45–120 kun

Narxga nima kiradi

  • Android va iOS uchun bitta kod bazasi (React Native / Flutter)
  • UI/UX dizayn va prototip
  • Push-bildirishnomalar
  • Ilova ichida to'lov
  • Backend API va admin panel
  • Play Market va App Store'ga joylashtirish
Bepul maslahat olish

Ish qanday boradi

1

Bog'lanasiz

Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.

2

Narx va muddat

24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.

3

Ishlab chiqamiz

Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.

Ko'p beriladigan savollar

Menga ilova kerakmi yoki sayt yetarlimi?

Agar mijoz sizga oyiga 2–3 martadan kam murojaat qilsa — mobil versiyasi yaxshi sayt yetarli. Ilova takroriy foydalanish, push-bildirishnoma va offline rejim kerak bo'lganda o'zini oqlaydi.

Ikkala platforma ham bir narxdami?

Biz React Native/Flutter ishlatamiz — bitta kod ikkala platformada ishlaydi. Shuning uchun iOS qo'shilishi narxni ikki barobar emas, taxminan 20–30% oshiradi.