Asosiy kontentga o'tish
Ppragrammist.uz

Internet do'kon

Internet do'kon qiladigan programmist

Internet do'kon — bu shunchaki mahsulotlar ro'yxati emas. Bu savat, to'lov, ombor qoldig'i, yetkazib berish va buyurtmalar boshqaruvi bir-biriga ulangan tizim. Biz do'konni shunday quramizki, siz kuniga 5 ta ham, 500 ta ham buyurtmani bemalol boshqara olasiz.

Narx

8 mln so'mdan

Muddat: 20–45 kun

Narxga nima kiradi

  • Kategoriyalar, filtrlar va qidiruvli mahsulot katalogi
  • Savat va bir sahifali buyurtma berish (checkout)
  • Payme, Click, Uzum Bank to'lovlarini ulash
  • Yetkazib berish hududlari va narxlari
  • Ombor qoldig'i va buyurtmalar boshqaruvi
  • Telegram bot orqali yangi buyurtma bildirishnomasi
  • Mahsulot sahifalari uchun SEO va Google Shopping tayyorgarligi
Bepul maslahat olish

Ish qanday boradi

1

Bog'lanasiz

Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.

2

Narx va muddat

24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.

3

Ishlab chiqamiz

Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.

Ko'p beriladigan savollar

1С yoki Excel bilan bog'lash mumkinmi?

Ha. Mahsulot va qoldiqlarni Excel/CSV orqali import qilish yoki 1С bilan avtomatik sinxronlash mumkin.

Payme va Click'ni ulash qancha vaqt oladi?

Texnik ulanish 1–3 kun. Lekin to'lov tizimi sizdan yuridik hujjatlarni so'raydi — bu jarayon odatda 3–10 kun davom etadi.