Asosiy kontentga o'tish
Ppragrammist.uz

Toshkent · O'zbekiston bo'ylab

Programmistkerakmi?

Sayt, Telegram bot yoki CRM qiladigan tajribali dasturchilar. Texnik atamalarni bilishingiz shart emas — nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz, qolganini biz hal qilamiz.

  • Korporativ sayt
  • Internet do'kon
  • Landing Page
  • Telegram Bot
  • CRM
  • Mobil ilova

Maslahat va taxminiy narx — bepul. 24 soat ichida javob beramiz.

pragrammist.uz

Siz yozasiz:

«Do'kon ochmoqchiman. Sayt kerak, lekin qanaqasi kerakligini o'zim ham bilmayman.»

Biz javob beramiz:

  • Sizga aynan nima kerakligini aytamiz — sayt, bot yoki do'kon
  • 24 soat ichida aniq narx va muddat
  • Ishga nima kiradi, nima kirmaydi — yozma ravishda

120+

tugallangan loyiha

7 yil

bozordagi tajriba

24 soat

ichida javob beramiz

3 oy

bepul qo'llab-quvvatlash

Kalkulyator

Programmist topish

Ikkita savol — va sizga qanday dasturchi kerakligini, taxminiy muddat va jamoa hajmini bilib olasiz.

1Sizga nima kerak?
2Taxminiy byudjetingiz

Ikkita savolga javob bering — sizga qanday programmist kerakligini aytamiz.

Jarayon

Qanday ishlaymiz

1

Bog'lanasiz

Telegram orqali yozasiz. Nima kerakligini o'z so'zingiz bilan aytasiz — texnik atamalar shart emas.

2

Narx va muddat

24 soat ichida aniq narx, muddat va nima kirishi yozilgan taklifni olasiz. Bu bosqich bepul.

3

Ishlab chiqamiz

Har hafta ish natijasini ko'rsatamiz. Loyiha yakunida kod, domen va hosting sizga topshiriladi.

Domen va hosting sizning nomingizda

Kod va parollar to'liq sizga topshiriladi

Har hafta ko'rinadigan natija

3 oy bepul texnik qo'llab-quvvatlash

Bilim bazasi

Programmist haqida bilishingiz kerak

Barcha maqolalar

Ko'p beriladigan savollar

Odamlar nima so'raydi

Programmist sayt qilib beradimi?

Ha. Sayt yasash — programmistning eng ko'p bajaradigan ishi. Faqat shuni bilib qo'ying: to'liq sayt uchun dizayn, dasturlash va matn kerak. Bitta odam uchalasini ham qila oladi, lekin kattaroq loyihalarda jamoa tezroq va sifatliroq chiqaradi.

Sayt uchun nechta programmist kerak?

Landing page yoki oddiy korporativ sayt uchun 1 ta tajribali dasturchi yetarli. Internet do'kon uchun odatda 2 kishi (frontend + backend). CRM yoki mobil ilova uchun 3–5 kishilik jamoa: dizayner, frontend, backend, tester va menejer.

Programmist va web studio farqi nima?

Yakka programmist arzonroq va tezroq gaplashadi, lekin kasal bo'lsa yoki band bo'lsa loyiha to'xtaydi. Studiya qimmatroq, lekin shartnoma, muddat kafolati va almashtiriladigan jamoa beradi. Kichik loyihaga — programmist, biznes uchun muhim tizimga — studiya yoki doimiy jamoa.

Saytni bitta odam qilsa bo'ladimi?

Bo'ladi. Full-stack dasturchi dizayndan serverigacha hammasini qila oladi. Bu 3–10 mln so'mlik loyihalar uchun normal amaliyot. Faqat ishni boshlashdan oldin uning oldingi ishlarini ko'ring va kodni sizga topshirishini shartnomada yozing.

Programmist qancha vaqtda sayt qiladi?

Landing page — 3–7 kun. Korporativ sayt — 2–3 hafta. Internet do'kon — 1–1,5 oy. CRM — 1–3 oy. Agar kimdir «katta saytni 2 kunda qilaman» desa, u tayyor shablonni ozgina o'zgartirib beradi.

Programmist hostingni ham qiladimi?

Ha, ko'pchilik dasturchilar domen olish, hosting sozlash va SSL sertifikat o'rnatishni ham bajaradi. Muhim: domen va hosting sizning nomingizga rasmiylashtirilsin, dasturchining nomiga emas.

Arzon programmist topish mumkinmi?

Mumkin, lekin ehtiyot bo'ling. Bozor narxidan 3 barobar arzon taklif odatda ikki narsani anglatadi: tajribasiz talaba yoki tayyor shablon. Ikkalasi ham yomon emas — agar sizga oddiy 1 sahifali sayt kerak bo'lsa. Biznes uchun muhim tizimni arzonlikka qurish esa qayta yozishga olib keladi.

Sayt yozadigan odamni qayerdan topsa bo'ladi?

Uchta ishonchli yo'l: tanishlar tavsiyasi, IT kompaniyalar saytlari va freelance platformalar. Eng yaxshisi — sizga yoqqan saytning pastki qismiga qarang, u yerda odatda kim yasagani yozilgan bo'ladi.

Sayt qiladigan programmist kerakmi?

Telegram'ga bitta xabar yozing. Nima kerakligini bilmasangiz ham — savol berib, o'zimiz aniqlaymiz. Maslahat bepul.